Kompyuterda ö, ğ, ş, ç harflarini qanday yozish mumkin?
Yangilangan: 2026-yil 2-noyabr
Qisqasi: yangi alifboda kompyuter yoki noutbukda (PC) yozishning eng oson yo'li odatdagidek o', g', sh, ch deb yozish va harflarni dasturga almashtirishdir. Tayyor matn uchun esa onlayn o'girgich yetarli. Quyida barcha usullar va ularning farqi.
1-usul. Yangi Alif dasturi
Windows dasturi yozish paytida harflarni o'zi almashtiradi. Klaviaturani qayta o'rganish shart emas: o' yozsangiz ö, sh yozsangiz ş chiqadi. Word, Telegram va brauzerda ishlaydi.
Dastur hali raqamli imzoga ega emas. Windows ogohlantirishi mumkin, Smart App Control yoqilgan kompyuterlarda esa ochilmasligi mumkin.
2-usul. Onlayn o'girgich
Matn yoki Word hujjat tayyor bo'lsa, uni o'girish sahifasiga yuklang. Hech narsa o'rnatish kerak emas, fayl hech qayerga yuborilmaydi, telefonda ham ishlaydi.
3-usul. Word'dagi kodlar
Microsoft Word'da kodni yozing va darhol Alt + X ni bosing. Kod harfga aylanadi.
| Harf | Kod | Harf | Kod |
|---|---|---|---|
| ö | 00F6 | Ö | 00D6 |
| ğ | 011F | Ğ | 011E |
| ş | 015F | Ş | 015E |
| ç | 00E7 | Ç | 00C7 |
Bu usul faqat Word kabi dasturlarda ishlaydi va uzun matn uchun noqulay.
4-usul. Alt kodlar
Alt tugmasini bosib turib, o'ngdagi raqamlar blokida kodni tering:
| Harf | Kod |
|---|---|
| ö | Alt + 0246 |
| Ö | Alt + 0214 |
| ç | Alt + 0231 |
| Ç | Alt + 0199 |
Bu usul to'liq emas: ğ va ş uchun Alt kod ishonchli ishlamaydi. Ruscha klaviatura tartibida boshqa belgi chiqishi ham mumkin, raqamlar bloki bo'lmagan noutbuklarda esa foydalanish qiyin.
5-usul. Turkcha klaviatura tartibi
Windows'ga turkcha tartibni qo'shsangiz, ö, ğ, ş, ç alohida tugmalarda bo'ladi:
- Sozlamalar → Vaqt va til → Til va mintaqa ni oching.
- Til qo'shish ni bosing va Türkçe ni tanlang.
- Tartiblar orasida Win + Probel bilan o'ting.
| Harf | Inglizcha klaviaturadagi tugma |
|---|---|
| ğ | [ |
| ş | ; |
| ö | , |
| ç | . |
Bu tartibda boshqa tugmalar ham o'zgaradi. Masalan, I tugmasi ı harfini beradi, i harfi, vergul va nuqta esa boshqa joyga ko'chadi. Ko'nikish kerak bo'ladi.
Telefonda qanday yoziladi?
Ko'pchilik telefon klaviaturalarida harfni bosib tursangiz, qo'shimcha belgilar chiqadi: o da ö, g da ğ, s da ş, c da ç. Klaviaturangizda bo'lmasa, sozlamalardan turkcha tilni qo'shib ko'ring. Tayyor matnni esa o'girish sahifasi telefonda ham o'giradi.
Qaysi usulni tanlash kerak?
| Holat | Tavsiya |
|---|---|
| Har kuni ko'p yozaman | Yangi Alif dasturi yoki turkcha tartib |
| Tayyor Word hujjat bor | Onlayn o'girgich |
| Bitta-ikkita harf kerak | Word kodlari |
| Telefondaman | Harfni bosib turish yoki o'girgich |
Alifbodagi o'zgarishlar haqida yangi alifbo qo'llanmasida o'qing.
Yangi Alif