Yangi Alif ← Bosh sahifa

Hujjat va matnni yangi alifboga o'giring

Word fayl yoki matnni yuklang: o' → ö, g' → ğ, sh → ş, ch → ç harflari bir zumda almashadi, bezak joyida qoladi.

Word yoki matn fayli

.docx yoki .txt, 5 MB gacha, bir vaqtda bitta fayl. Asl faylingiz o'zgarmaydi.

Faylni shu yerga tashlang

Matnni o'girish

Matnni yozing yoki joylang, natija darhol chiqadi.

O'zgarmasligi kerak bo'lgan so'zlar

Bu ro'yxat ham matnga, ham faylga ishlatiladi. U hech qayerda saqlanmaydi.

Savollar

Faylim qayerga ketadi?

Hech qayerga. O'girish shu brauzerning o'zida bajariladi, fayl saytga yoki boshqa joyga yuborilmaydi. Server faqat bugun nechta fayl o'girilganini sanaydi.

Hujjat bezagi saqlanadimi?

Ha. Shrift, jadval, rasm va sahifa tuzilishi o'zgarmaydi, faqat harflar almashadi.

Eski .doc yoki PDF fayl bo'lsa-chi?

.doc faylni Word'da ochib, .docx qilib saqlang. PDF hozircha qabul qilinmaydi.

Nega ba'zi so'zlar o'zgarmadi?

Havola, email va chet so'zlarga tegilmaydi. "w" harfi yoki "ch"siz "c" bor so'zlar chet so'z hisoblanadi. Rasm ichidagi yozuvlar va SmartArt ham o'zgarmaydi.

Xato bo'lishi mumkinmi?

Ha. Masalan, inglizcha "Shakespeare" o'zgarishi mumkin. Bunday so'zlarni "O'zgarmasligi kerak bo'lgan so'zlar" ro'yxatiga yozing va faylni qayta o'giring.

Yozish paytida o'zi almashsinmi?

Windows uchun Yangi Alif dasturi istalgan dasturda yozgan harflaringizni darhol to'g'irlaydi. Boshqa yozish usullari va yangi alifbo haqida ham o'qing.

Dastur haqida